Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yirik tadbirkor hokim lavozimiga tayinlandi
13.11.2021 14:40,  
118

Joriy yilning 13 noyabr kuni xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan mazkur sessiya ishida Navoiy viloyati hokimi v.b. N.Tursunov so‘zga chiqib, tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sh.Nabiyevni boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etish hamda tuman hokimi lavozimiga Ulug‘bek Fayziyevni tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi.

Ushbu qaror xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Ulug‘bek Fayziyev senator va tadbirkor, Navoiy shahridagi «Zarafshan Golden Group» MChJ ta’sischisi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан