Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yolg‘onchilik qon-qoniga singib ketganda
14.12.2020 17:47,  
1713

«Yiqilgan kurashga to‘ymabdi» deganlaridek, urushda mag‘lub bo‘lgan armanilar Ozarbayjonlarga turli tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirishni davom ettirishyapti. Pashinyan boshchiligidagi hukumat urush davrida ham qildan qiyiq axtarib, burgani fil qilib ko‘rsatishga ustasi farang yolg‘onchiligini butun dunyoga ko‘rsatgandi. Bundan haliyam voz kechilgani yo‘q.

Qirq to‘rt kunlik urushdan so‘ng, ayrim armanilar o‘zlari yaxshi o‘rnashib olgan ikkita tog‘li qishloqdan chekinishni rad qilishgan, armani OAVlari ularni haqiqiy vatanparvarlar o‘laroq ko‘rsatgandi. Holbuki, mazkur qishloqlar aholisi allaqachon ko‘chib ketgandi. Bu jangari "shovvozlar" 10 noyabrdagi tinchlik kelishuviga binoan, armani qo‘shinlari 1 dekargacha Ozarbayjonga o‘tgan tuproqlardan chiqib ketishlari zarurligini nazar-pisand qilishmagandi.

Ozarbayjon ichida  anklav sifatida qolib ketgan qishloqlar qurolli jangchilari xavfsizlikka katta tahdid solishi aniq edi. Shu tufayli, ahvol shundayligicha o‘z holiga tashlab qo‘yilishi mumkin emasdi.

11 dekabr kuni ozariy tuproqlarida qolib ketgan qurolli to‘da bilan Ozarbayjon harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi. Yolg‘onchilik tamoyiliga sodiq qolgan armani hukumati va OAVlari buni darrov «Ozarbayjon o‘q uzishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni buzib, armanilarning ikkita qishlog‘iga hujum qildi» deb yoritishdi. Armaniston prezidenti Serj Sargsyan ham «Ozarbayjon kelishuvni buzdi» deb, ayuhannos soldi.

Voqealardan ikki kun o‘tib, haqiqat o‘rtaga chiqib, hamma yana bir marta armanilarning bosqinchiligi va yolg‘onni yamlamay yutishini ko‘rdi. Armani OAVlari ma’lum qilishicha, ozariy qo‘shinlari qishloqlardan birini qo‘lga kiritgan. Ikkinchi qishloqni esa armani jangarilari hozircha saqlab turishibdi. Ular tog‘li so‘qmoqlar orqali Tog‘li Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagiga chiqish imkoniga ega ekanlar (ilovadagi xaritaga qarang).

Demak, armani jangarilar O‘rusiya, Ozarbayjon va Armaniston orasida imzolangan kelishuvni buzishgani yetmagandek, Armanistondan yordam olib turgani ham aniq. Bu esa armani tarafi kelishuvni qo‘pol ravishda buzganini isbotlaydi. Jangarilar bir oydan ortiq ikki qishloqda ochdan o‘lmaslik uchun  oziq-ovqatlarni O‘rusiya tinchlik kuchlari qo‘riqlayotgan Lochin yo‘lagi orqali olib turgani aniq. 

Ikkinchi qishloq ham oxir-oqibatda Ozarbayjon nazoratiga o‘tishi qonuniydir. Qardosh xalq bu borada ham nohoyatda sabr-toqatli ekanligi, armanilar esa haligacha xobbonilik qilishdan voz kechmayotganini anglash uchun judayam aqlli bo‘lish shart emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан