Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yoshlar ittifoqi Abdulloh Tohirov masalasida izoh berdi
8.11.2019 12:29,  
1504

Avvalroq, Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro Dilmurod Tohirovning 20 yashar o‘g‘li Abdullohni IIB xodimlari olib ketib, bir haftadan buyon daragini bermayotgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi axborot xizmati bu masalada rasman izoh berdi:

"So‘nggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Abdulloh Tohirov bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda.

Yoshlar ittifoqi mazkur vaziyat bo‘yicha bir necha kun avval o‘rganish ishlarini boshlagan. Bizga ma’lum qilishlaricha, Abdulloh Tohirov ishi bilan Ichki ishlar vazirligi emas, balki boshqa idora shug‘ullanmoqda va tez orada bu holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot beriladi.

Biz imkonimiz boricha Abdulloh va uning yaqinlariga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyormiz. Ayni vaqtda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huquqni muhofaza qilish idoralaridan holatga oydinlik kiritish va aniq tafsilotlar olishga harakat qilmoqda.

Biz jarayonning ochiq va shaffof o‘tishi, holat bilan bog‘liq aniq ma’lumotlarning jamoatchilikka tezroq taqdim qilinishini istab qolamiz".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан