Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«YueSeM Telekom» va «MegaFon» O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
10.02.2021 19:44,  
234

«YueSeM Telekom» va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya bozorining texnologik ilg‘ori bo‘lishi kutilgan yangi qo‘shma korxona – Digital Holding‘ni tashkil etdi. Yangi QK tarkibidan mamlakatning telekommunikatsiya bozori ilg‘ori bo‘lgan Ucell kompaniyasi hamda USM’ning O‘zbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan ham o‘rin olgan. 

O‘zbekiston hukumati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) orqali QKga Ucell telekom-operatorining 100% ulushini topshirmoqda. Rossiya tomoni Digital Holding rivojlanishi uchun 100 mln dollar miqdorida investitsiya, shu bilan birga USM’ning sho‘’ba korxonalari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan’ni kiritmoqda.

QK tarkibiga kirish uchun «YueSeM Telekom» va MegaFon «Didjital Invest» kompaniyasiga asos solishdi, unda ikki kompaniyaning ulushi 50%dan taqsimlandi. Yangi QKda «Didjital Invest» ulushi 51%, DABA ulushi 49%ga teng.

Bitim doirasidagi jarayonlar 2021−yil davomida yakuniga yetadi. Digital Holding e’tiborini O‘zbekiston Respublikasida aloqa xizmatlaridan foydalanishni yanada qulayroq qilish hamda sifatini oshirish uchun xalqaro standartlarga mos keluvchi telekommunikatsiya infrastrukturasini shakllantirishga, axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni saqlash, ba’zi turdagi tovarlar harakatini markirovkalash va kuzatib borish sohalaridagi ilg‘or texnologiya va tizimlarni tatbiq etishga qaratadi.

Ma’lumot uchun, «YueSeM Telekom» – USM xoldingining raqamli bo‘linmasi. MegaFon telekom operatori va «IKS Xolding» AT guruhining 100 foizini nazorat qiladi. «YueSeM Telekom»ning asosiy mulkdorlari − USM (80% aksiyalar), Ivan Streshinskiy (10%) va Anton Cherepennikov (10%).

Ucell 2018 yilning 5 dekabridan OOO «COSCOM» («Ucell» savdo belgisi) sifatida 100% davlat kompaniyasidir. O‘tgan ikki yil mobaynida 8 million abonentga ega Ucell O‘zbekiston uyali aloqa bozorida yetakchiga aylandi. 2020 yil fevral holatiga aholi punktlaridagi qamrovi  97,6% (GSM); 72,9% (UMTS); 60,8% (LTE)ni tashkil etmoqda. Ucell O‘zbekistonda 5G standarti bo‘yicha ilk operator sanaladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан