Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yunusobodda sodir bo‘lgan YTHda vafot etgan bolaning ukasi Prezidentga hodisa joyiga svetofor o‘rnatilishini so‘rab murojaat qild
20.01.2021 08:40,  
497

Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasida 24 avgust kuni, taxminan, soat 01:10 da Cobalt avtomobili haydovchisi piyodalarning tartibga solinmagan o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan yosh bolani urib yuborgan. YTH oqibatida 2,5 yoshli bola tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Bolakay 24 avgust kechasi kasalxonada vafot etgan. Avtohalokatda halok bo‘lgan Timur Chexovskiyning ukasi O‘zbekiston Prezidentidan fojia sodir bo‘lgan joyga svetofor o‘rnatilishini so‘radi. 

«Bizda baxtsiz hodisalar ko‘p, odamlarni (avtomobilda) urib ketishadi ... Bizda ko‘plab kollejlar, bolalar bog‘chalari, maktablar bor.

Men sizdan svetofor o‘rnatib berishingizni iltimos qilaman. Keksalar va bolalarning hayotini saqlab qoling», – deydi vafot etgan bolaning ukasi Amirxon Chexovskiy Prezidentga qilgan murojaatida.

U ota-onasi piyodalar o‘tish joyini yangilab, yo‘l belgilarini o‘rnatganini aytdi.

YTHdan so‘ng Amirxon va Temurning otasi Yevgeniy Chexovskiy voqea sodir bo‘lgan joyda piyodalar o‘tish joyi belgisini o‘rnatishga qaror qilgan va «O‘zavtoyo‘lbelgi» korxonasi vakili yordamida yo‘l belgilarini yangilagan.

Yevgeniy Chexovskiy «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida voqea joyiga svetofor qo‘ymoqchi ekanligini ta’kidlagan. Buning uchun sentyabr oyida u yaqin atrofdagi uylarning aholisidan imzo yig‘ishni boshlagan. Uning fikriga ko‘ra, o‘tish joyida svetoforning mavjudligi avariyalarning oldini olishi mumkin.

«Agar biz buni o‘z zimmamizga olmaganimizda, buni hech kim qilmagan bo‘lar edi. Na mahalla, na tuman militsiyasi xodimi, na shahar YHXB – hech kim bizdan qanday yordam kerakligini so‘ramadi. Hech kim kelib, belgini yangilashni xohlamadi. Reaksiya nol... Ammo endi biz bu yerda tugmali svetofor qo‘yish to‘g‘risida Toshkentdagi YHXBga xat yozmoqdamiz. Odamlar yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishlari uchun», – deydi Yevgeniy Chexovskiy.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан