Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yurtimiz imijini targ‘ib qilganlar “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
15.10.2020 08:59,  
80

13 oktyabr kuni " Hilton Tashkent City" mehmonxonasida O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan kishilarga "Turizm fidoiysi" ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati, sovrindorlar, faxriy mehmonlar, vazirliklar, idoralar va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi.

Respublika darajasidagi davlat organlari, chet eldagi diplomatik vakolatxonalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va tashkilotlar ham o‘z nomzodlarini faxriy mukofot olish uchun joriy yilning 1 avgustiga qadar topshirishdi. 

“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni egalari ro‘yxati: 

1. Abdullayev Maxmud Mamadjanovich – Janubiy Koreyadagi «Lazzat» o‘zbek restorani rahbari; 
2. Badak Sadik – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining maslahatchisi (Turkiya);
3. Bekjanova Amina Karimbayevna – “MUINAK TOUR” MChJ direktori (Qoraqalpog‘iston Respublikasi); 
4. Zarifullayev Gulmurod Sayfullayevich – «Sintobiston» oilaviy mehmon uyi rahbari (Navoiy viloyati); 
5. Kadirov Doniyor Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari – Polkovnik; 
6. Kiyosi Kurosava – kinorejissyor, senarist, yozuvchi, O‘zbekistonda tasvirga olingan "Dunyoning chekkasi tomon" filmi prodyuseri (Yaponiya); 
7. Maxkamov Ilham Rustamovich – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirning birinchi o‘rinbosari; 
8. Nazirov Alisher Nosirovich – kulol, «Hunarmand» uyushmasi Rishton tumani bo‘limi a’zosi (Farg‘ona viloyati); 9. Saydaminov Murodulla – Oriyent Voyage sayyohlik firmasi bosh direktori (Samarqand viloyati); 
10. Sofi Ibbotson – O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Turizm brendi elchisi; 
11. Saliyev Taxirjan Nurmamatovich – O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi raisi; 
12. Toni Tonchian Dzou – “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori maslahatchisi (Xitoy Xalq Respublikasi); 
13. Tuxvatullina Elmira Akramovna - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat unitar korxonasi direktorining ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari; 
14. Ubaydullayev Ravshan Umarovich – «Amirsoy» tog‘ chang‘i kurortini tashkil etish bo‘yicha loyiha rahbari; 
15. Uiterdik Katerina – Buxoro shahridagi «Shuxov» suv inshooti restavratsiyasi va turizm namoyish ob’yekti barpo etilishi tashabbuskori, investor (Fransiya); 
16. Sharapov Anvar Qurbanovich – vafot etgan (so‘nggi ish joyi O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi maslahatchisi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining sobiq raisi); 
17. Xolmatov Erkin Irgashevich - Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i; 
18. Xayitova Muxayyo Xolmurodovna – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari; 
19. Hakimov Dilyor Zafarovich - O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqullodda va Muxtor Elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATOdagi Vakolatxonalar boshlig‘i. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан