Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni 5000 nafardan oshdi
26.06.2020 22:48,  
132

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 14 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 34 nafar, shahar 3-son tug‘ruq majmuasida 7 nafar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 19 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar, jami 125 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi.

Shunday qilib, poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalarida yana 87 nafar  bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19”dan sog‘ayganlar soni 2860 nafarga yetdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida shifokorlarimizning fidoyiligi sabab “COVID-19”dan tuzalganlar soni 141 nafarga yetib, koronavirusdan holi hududga aylanmoqda.

Endilikda Qashqadaryo viloyatida infeksiyadan forig‘ bo‘lganlar soni 42 nafarni tashkil etmoqda.

Navoiy viloyatida esa koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 237 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun yurtimizda shu soatgacha 161 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5038 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан