Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yurtimizga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining uchinchi million dozasi keltirildi
18.05.2021 10:48,  
46


Hozirgina yurtimizga Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi Xitoydan olib kelindi. 

Vaksinaning  1 million dozalik avvalgi partiyalari shu yilning 27 mart va 27 aprel kunlari keltirilgan edi. Shuningdek, mart oyida 660 ming doza AstraZeneca, aprel oyida 100 ming doza  "Sputnik V" vaksinalari ham olib kelingan.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 3 million 760 ming dozaga yetmoqda. Ayni paytgacha foydalanilgan 1 million 346 ming dozadan ortiq vaksinaning 62 foizi, ya’ni 842 ming dozadan ortig‘ini ZF-UZ-VAC2001 tashkil qilmoqda. Shundan ayni paytgacha 91 ming nafardan ortiq yurtdoshimiz o‘zbek-xitoy vaksinasining 2-bosqichi bilan ham emlangan. 

Kecha, 17 may kuni ZF-UZ-VAC 2001 bilan emlanish 34 416 dozani tashkil qilib, ushbu vaksina bilan kunlik emlanish ko‘rsatkichi 56 foizga yetgani ham e’tiborga loyiq.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан