Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bolalar soni ma’lum qilindi
7.10.2021 19:26,  
206

Toshkent viloyatidagi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanovga ko‘ra, hozirgi kunda poytaxtimiz va Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar faqat Zangiota 1-son va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonalarida qabul qilinyapti.  

"Markazimiz 2 ming o‘ringa mo‘ljallangan. Hozir bu yerda 1 ming 600 nafar bemor muolaja olyapti. Ularning 26 foizi oltmish yoshdan oshgan fuqarolar bo‘lsa, 160 nafarga yaqini bolalardan iborat.  

Jami bemorlarning 77 foizi o‘rta og‘ir, 20 foizi og‘ir, 3 foizi esa o‘ta og‘ir holatda. Ayni paytda 153 nafar bemor jonlantirish bo‘limida davolanyapti. Kuniga o‘rta hisobda 100-150 nafar bemorni qabul qilib, ularni 7-10 kun davomida salomatligini tiklash choralarini ko‘ryapmiz.

SOVID-19ni yuqtirib olayotganlar orasida bolalar soni ham ortib bormoqda. Misol uchun, ayni kunda Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga kuniga o‘rtacha 25 nafar o‘g‘il-qiz yotqizilyapti. Chunki yurtimizda keng tarqalgan delta shtammi bolalarni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q"- deya ma’lumot berdi A. Husanov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан