Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zangiotada 16-sonli bog‘cha mudirasi 37 nafar yo‘q xodimga plastik karta ochgani ma’lum bo‘ldi. Bu hali hammasi emas
8.05.2021 16:04,  
398

2021-yil oʻtgan davrida viloyat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qonunbuzilish holatlari yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasining rasmiy bayonot berdi.

Unga ko‘ra, taʼlim muassasalari rahbarlarining byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilishi holatlari yuzasidan 11 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Misol uchun, Zangiota tumanida joylashgan 16-sonli MTT mudirasi amalda ishlamagan 37 nafar xodim nomiga ochilgan plastik kartalarni noqonuniy ravishda oʻzida qoldirishni talab qilib, tabellarga soxta maʼlumotlar kiritgan. 

Bu orqali 983,5 mln. soʻm byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirib yuborgan.

Oqqoʻrgʻon tumanidagi 2,6,10,12-sonli MTTlar mansabdor shaxslari tomonidan esa oʻzlariga ishonib topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari talon-taroj qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан