Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zarafshondagi partasiz maktab rasmi yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi izoh berdi (foto)
12.09.2019 15:09,  
182

Ijtimoiy tarmoqda Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi maktab rasmi tarqaldi. Unda bolalar parta va stul yo‘qligidan yerda o‘tirganini ko‘rish mumkin. Ayrim kanallar yozishicha, bolalar 3 sentyabrdan buyon shu holatda ta’lim olishmoqda.

davletov.uz kanali Xalq ta’lim vazirligiga iqtibosan yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan rasm 3 sentyabr kuni bo‘lgan. O‘sha kuni o‘quvchilarga kitob tarqatilgan.  4 sentyabr kuni sinfxona to‘liq partalar bilan jihozlangan va darslar olib borilgan.

Birinchi rasmni tarqatgan @navoi_navoiy kanalining e’tiroz bildirishicha, bolalar kitob olishga borgan bo‘lsa nega ularni oldida daftar va ruchka ham bor? Nega ular dam olish kunida formada kelgan?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан