Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zomindagi aholi yashash joylarida bo‘rilar izg‘ib yurgani aytildi
8.05.2022 21:32,  
240

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tumani hududida bo‘rilar yurgani xususida xabarlar tarqaldi.

Jizzax viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, bo‘rilar aynan Zomindagi shaharcha  hududida yurganligi tasdiqlanmagan.

 

"Bo‘rilar Jizzax viloyatining tog‘li hududlarida uchraydi va yashaydi. Ammo so‘nggi yillarda  bo‘rilarning aholiga tashlanganligi yoki shikastlantirish holatlari aniqlanmagan",-deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan, bo‘rilarga o‘xshash itlar ovozi qo‘shilgan lavhalar feyk.

Shuningdek, ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi yovvoyi hayvonlar ko‘payib ketganda maxsus talabnomalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tomonidan hududdagi hayvonlar ko‘payganligi tasdiqlangan taqdirda, Fanlar Akademiyasi va Davlat Ekologiya qo‘mitasi bilan kelishilgan holda ko‘payib ketgan yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish uchun ovlashga ruxsat berilishi aytiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан