Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Egniga prezidentning rasmini yopishtirib olgan surxondaryolik ayol qo‘lida boltasi bilan uyi buzilishiga noroziligini bildirdi (video)
10.02.2020 18:05,  
2113

Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘lida bolta ko‘targan ayol uyini buzilishlardan himoya qilayotgani aks etgan video xabar tarqaldi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, uning uyi ikkinchi marta “snos”ga tushgan.

Uning uyi birinchi marta buzilganda u bolalari bilan ko‘chada qolgan. Hozir turgan uyini esa tekinga olmagan, balki kimoshdi savdosida sotib olgan.

 

O‘zi nima bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, voqea Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Gulobod mahallasida sodir bo‘lgan.

Egniga prezident Mirziyoyevning portretini osib olgan ayolning qo‘lida boltasi ham bor. Videoda ko‘rinishicha, ayolning yonida ikkita yosh bola ham bor.

“Ikkita bolam bilan ko‘chaga qolib ketdim, [мени] tepib haydab chiqarishdi. Men joyimni endi bermayman. Boltalayman, benzin quyib yuboraman. Qo‘rqadigan joyim yo‘q. Mehnat qilganman”, — deydi ayol.

“U issiq uyida bola-chaqasi bilan o‘tiribdi, nima uchun men uyimni tashlab chiqishim kerak”, — deydi ayol hokim haqida

Voqea ishtirokchilaridan biri ayolga tuman hokimyatiga borib murojaat qilishni maslahat beradi.

“Menga hokimlaring haqida gapirmang. Avvalgi uyimni sotib yubordi. U issiq uyida bola-chaqasi bilan o‘tiribdi, nima uchun men uyimni tashlab chiqishim kerak? Men bu uyni tekinga olmaganman, auksionda sotib olganman”, — deb gapini davom ettiradi ayol.

Ayol bularning barchasi viloyat hokimi buyrug‘i bilan bajarilayotganini ta’kidlaydi.

“…Mana tuman prokurorining movini kechirim so‘rayapti va aytyaptiki, bu ishlar hokimning buyrug‘i bilan amalga oshyapti. Mana Shavkat Miromonovich. Prezidentdan boshqa hech kimga ishonmayman”, — deydi ayol.

Mavzuga doir: Deputat: Zo‘ravon mas’ullar, xalqni qiynab medal olgandan ko‘ra adolat qiling!

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан