O‘zbekistonga 2020 yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, qiymati 23,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 360,4 ming dona mobil telefonlar import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2019 yilning mos davriga nisbatan bu yil mobil telefon importiga 19,6 million AQSh dollari ko‘p sarflangan.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 18 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan. Import hajmi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (14,9), Vetnam (3,7), Hindiston (2,8) va 1,1 million AQSh dollari bilan Birlashgan Arab Amirliklarini ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, mamlakatda 2019 yilda 235 ming dona qiymati 31,7 milliard so‘mlik uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.