Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Akfa” kompaniyasi Toshkentda fransuzlarning Carrefour supermarketlarini ochadi
28.10.2019 21:29,  
476

BAAda joylashgan Majid Al Futtaim xolding kompaniyasi AKFA Group bilan hamkorlik doirasida O‘zbekistonda Carrefour supermarketlari va gipermarketlarini ochadi. Bu haqda Majid Al Futtaim rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Rejaga ko‘ra, 2020 yilda uchta supermarket va bitta gipermarket, 2021 yilda ikkita supermarket va bitta gipermarket o‘z faoliyatini boshlaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda Carrefour supermarketlarini ochish bo‘yicha muzokaralar 2017 yilda boshlangan.

Majid Al Futtaim Osiyo va Afrika qit’alarida o‘nlab savdo markazlarini boshqaradi. 1995 yilda Fransiyaning transmilliy riteyleri hisoblanuvchi Carrefour bilan hamkorlik o‘rnatgan.

Dunyoda turli nomlarda faoliyat ko‘rsatuvchi 15 mingdan ziyod Carrefour do‘konlari bor.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан