Boshqirdistonda 61 yoshli haydovchi avtohalokatdan keyin mashinasida yonib ketdi.
Baxtsiz hodisa Miyakin tumanida sodir bo‘ldi. "Lada Granta"ning 61 yoshli haydovchisi mashinasida yonib ketgan. Bu haqda Boshqirdiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa bir kun oldin, 3 avgust kuni, Bogdanovo qishlog‘idan ikki kilometr uzoqlikdagi qishloq yo‘lida sodir bo‘lgan. Mahalliy fuqaro "Lada Granta" rusumli avtomashinani haydab ketayotib, daraxtga borib urilgan. Keyin mashina yonib ketdi.
Hozir hodisaning barcha holatlari aniqlanmoqda, tergov boshlandi.