Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Usmonov: Tuf senga, yana bir marta Aleksey Navalniy (video)
24.05.2017 18:34,  
31

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yangi videomurojaatini e’lon qildi. Unda Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniyni Mixail Bulgakovning «It yurak» asari qahramoni Poligraf Sharikov bilan taqqoslagan.Bu haqda Forbes xabar bermoqda

Mana sen, Aleksey Poligrafovich, munosib davomchiga aylanmoqdasan. Biroq, agarda Sharikov kitobda shunchaki tentak va savodsiz odam bo‘lsa, sen undan ham uzoqroqqa qarab ketayapsan. Sen nafaqat safsataboz, balki juda ham badiiy yolg‘onchisan», - dedi tadbirkor.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, muxolifatchidan debatlarga taklifni emas, balki uzr so‘rashini kutgandi.

«Bizning debatlar sudda bo‘ladi, Aleksey Poligrafovich Navalniy. Tuf senga yana bir marta», - dedi Usmonov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан