Andijonda Spark haydovchisi YPX xodimini kapotida “sayr qildirdi

Andijonda Spark haydovchisi YPX xodimini kapotida “sayr qildirdi
Ijimoiy tarmoqlarda Spark haydovchisining mashinani YPX xodimining ustiga haydagani aks etgan video tarqaldi. Video telegram kanallarda e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa shu yil 19 iyun kuni Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchini dastlab boshqa YPX xodimi to‘xtatgan, lekin u bunga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan. Shundan so‘ng xodim o‘zidan keyingi YPX xodimiga xabar bergan. Haydovchi unga ham e’tibor bermay o‘tib ketayotganda xodim mashina oldiga turib olgan. Spark haydovchisi bunga ham ahamiyat bermay harakatni davom ettirgan va 50-60 metrga xodimni kapotda “sayr qildirgan”.

Ta’kidlanishicha, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.