Tokio 2020 dzyudo. Nurillayev va Keldiyorova yakkalik dasturdagi ishtiroklarini yakunlashdi

Tokio 2020 dzyudo. Nurillayev va Keldiyorova yakkalik dasturdagi ishtiroklarini yakunlashdi

“Nippon Budokan” arenasida Tokio-2020 Olimpiadasi doirasidagi dzyudo bellashuvlari boshlandi. Ushbu dasturda hamyurtimiz Sardor Nurillayev (-66 kg) dastlabki bosqichdagi ishtirokini o‘tkazdi.

Moldovalik Denis Viyeruga qarshi kechgan bahs qo‘shimcha daqiqalargacha cho‘zildi. 12 daqiqa cho‘zilgan kurashda vakilimiz jarohati sabab musobaqani davom ettira olmaydigan bo‘ldi va raqib keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Afsuski, -52 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Diyora Keldiyorova ham mo‘g‘ilistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga imkoniyatni boy berib, medallar uchun kurashni erta tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu dzyudochilarimiz yakkalik dasturidan so‘ng jamoaviy yo‘nalishda ham ishtirok etishlari mumkin.