Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Aholi va Ichki ishlar hodimi bilan janjal chiqdi» nomli videotasvir yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Aholi va Ichki ishlar hodimi bilan janjal chiqdi» nomli videotasvir yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Internet tarmog‘ida «Aholi va Ichki ishlar hodimi bilan janjal chiqdi» nomli videotasvir tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2021 yil 8 iyul kuni taxminan soat 10:40 larda Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 1972 y.t. Dilmurod M. 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, otasi 1935 y.t. Abdufattox M., mast holatda bo‘la turib, uyda janjal, to‘polon ko‘targanligini ma’lum qilib, yordam so‘ragan. Hodisa joyiga tezkorlik bilan Shayxontohur tumani IIO FMB profilaktika inspektori mayor Ulug‘bek Yaxshiboyev yetib kelgan.

Profilaktika inspektori, Abdufattox M.ni ichki ishlar bo‘limiga olib borib holatni batafsil o‘rganmoqchi bo‘lganida, janjalga qo‘shnilar aralashishgan. Vaziyatdan to‘liq xabardor bo‘lmagan (xususan, o‘z o‘g‘li uy ichidagi janjal haqida ichki ishlarga murojaat qilganligi yuzasidan) qo‘shnilar noto‘g‘ri xulosa chiqarib, inpsektorning xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilishgan va profilaktika inspetkori bilan janjal qilishgan.

Videotasvirda ko‘rib turganingizdek, ushbu mahalla aholisi ichki ishlar organi xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatishgan, vaziyatni bilmasdan, holatni to‘liq o‘rganmasdan, profilaktika inspektori bilan konstruktiv tarzda suhbatlashmasdan, unga qo‘pollik qilishgan, uning xizmat kiyimiga shikast yetkazishgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan qonuniy qaror qabul qilishlik uchun tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Profilaktika inspektoriga nisbatan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlagan. Uning harakatlari o‘rnatilgan tartib qoidalarga mosligi to‘liq o‘rganilib, qonuniy baho beriladi.

 

Toshkent shahar IIBB