Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahongir Ortiqxo‘jayevning endi shaxsiy universiteti ham bor
16.02.2019 16:29,  
64

Akfa universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Qaror bilan tashkil etilgan Akfa universitetda fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda ta’lim jarayoni ingliz tilida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi va qoidalari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari universitet tomonidan belgilanadi.

Universitetda ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot sifatida e’tirof etiladigan diplom beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан