Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






KXDR Pekin forumida qatnashgani uchun AQSh Xitoyga norozilik notasini yo‘lladi
13.05.2017 10:49,  
8

AQShning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga diplomatik notasi yuborildi. Qayd etilishicha, 14-15 may kunlari Pekinda bo‘lib o‘tayotgan "Bir kamar — bir yo‘l" forumida Shimoliy Koreyaning ham ishtirok etayotgani Qo‘shma Shtatlar noroziligiga sabab bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Rasmiy Vashingtonga ko‘ra, dunyo hamjamiyati Pxenyanga u o‘tkazgan yadroviy va ballistik raketalar sinovlari uchun bosim o‘tkazib kelayotgan bir pallada Xitoyning bu harakati noto‘g‘ri hisoblanadi.

Manbalarning ta’kidlashlaricha, shimoliy koreyaliklarga taklif qilingan rol  katta ahamiyatga ega, deb topiladigan bo‘lsa, ayrim G‘arb mamlakatlari KXDR vakillari qatnashadigan uchrashuvlarga bormasliklari ham mumkin.

Ilgariroq XXR tashqi siyosat mahkamasi Shimoliy Koreya taklifni qabul qilgani va ushbu forumga o‘z vakillarini yuborishi haqida xabar qilgan edi. OAVlarda berilayotgan xabarlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya delegatsiyasiga KXDR TIV rahbari Kim Yen Chje rahbarlik qilishi mumkin. Pxenyan delegatsiyalari ishtirok etadigan tadbirlarning aniq dasturi hozircha ko‘rsatilmagan.

AQSh Davlat departamenti va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi amerikalik diplomatlar notasi haqidagi xabar yuzasidan izoh berishganicha yo‘q.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан