Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarini rivojlantirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi
13.02.2018 14:00,  
6

O‘zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi Prezident farmoyishi qabul qilindi, deb xabar qiladi "Huquqiy axborot" kanali.

Farmoyishda qayd etilishicha, yurtimizda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun bazaviy infratuzilma hamda ulkan imkoniyatlar mavjud.

Shu bilan birgalikda so‘nggi yillarda kosmonavtika sohasida jiddiy tadqiqotlar olib borilmagan, xalqaro hamkorlik to‘xtatilgan, infratuzilma esa hozirgi kun talabiga javob bermaydi.

Farmoyish bilan tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida ishchi komissiya tuzilmoqda.

Komissiya bir qator vaziflar bilan birgalikda kosmik va sputnik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha texnik iqtisodiy loyihalarni kompleks tahlil qiladi, mazkur texnologiyalarni o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi, sputnik aloqasi bo‘yicha milliy tizimni yaratish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан