O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Xususan, ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan podpolkovnik Rustam Jaloldinov Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Jaloldinov shu yerning o‘zida IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — tezkor-qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, mayor Farhod Vafoyev Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Tayinlovga qadar Farhod Vafoyev Kogon tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.