O‘zbekistonda Sputnik V vaksinasi ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda Sputnik V vaksinasi ishlab chiqariladi

Kecha, 28 may kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu uchrashuvda O‘zbekistonda Sputnik V vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. RIA Novosti nashrining yozishicha, vaksinani ishlab chiqarish joyi aniq bo‘lgan va endilikda bu bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda.

Murashko vaksinani O‘zbekistonda mahalliylashtirish yuzasidan ikki davlat rahbarlari topshiriq berganini ta’kidlab o‘tdi.