Prezident ishtirokidagi tadbirlar rejasi ma’lum qilindi

Prezident ishtirokidagi tadbirlar rejasi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov navbatdagi brifingda davlat rahbari ishtiroki rejalashtirilgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

«Bu haftada tadbirlarimiz ko‘p bo‘ladi. Xususan, bugun Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti o‘tkaziladi.

Ertaga davlatimiz rahbari kon-metallurgiya sanoati rivoji bilan tanishadilar.

Shuningdek, hafta mobaynida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Ko‘rayotgan bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishi haqida e’lon berib borayapmiz. Ushbu uchrashuv avgust oyining boshiga mo‘ljallangan va takliflar 31 iyulgacha qabul qilinadi», dedi Sherzod Asadov.