Qarshida chempion yigit o‘ldirildi. Uning o‘limida ayblanayotgan 6 nafar shaxs qamoqqa olindi

Qarshida chempion yigit o‘ldirildi. Uning o‘limida ayblanayotgan 6 nafar shaxs qamoqqa olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda sport ustasi Elbek Rahimov o‘ldirib ketilganligi haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi doirasida 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlandi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.