Saylov logotipiga ayrim imloviy tuzatishlar kiritildi

Saylov logotipiga ayrim imloviy tuzatishlar kiritildi

Joriy yil 23 iyul kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasiga start berildi. Shuningdek, 28 iyul kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida saylov logotipining taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur taqdimotdan so‘ng logotip, uning ranglari, tuzilishi va dizayni xususida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab fikr-mulohazalar bildirildi.

Ushbu muhokamalarda bildirilgan takliflar Markaziy saylov komissiyasining ishchi guruhi tomonidan soha mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida logotipga ayrim imloviy tuzatishlar kiritildi, deb xabar berdi MSK matbuot xizmati.

Shuningdek, mazkur logotipni yaratish jarayoniga mablag‘ sarf etilmaganligi ma’lum qilinadi.

Markaziy saylov komissiyasi mamlakatimiz jamoatchiligi saylov jarayonlariga befarq emasligini e’tirof etadi va o‘z minnatdorligini bildiradi. Kelgusida ham Markaziy saylov komissiyasining faoliyati borasida bildirilgan har qanday xolis fikr-mulohaza e’tiborsiz qolmaydi.