Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga hamdardlik bildirdi
29.10.2018 16:44,  
4

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pittsburg shahridagi sinagogada sodir bo‘lgan otishma oqibatida ko‘plab inson halok bo‘lgani munosabati bilan AQSh prezidenti Donald Trampga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Shu yilning 27 oktyabr kuni Pittsburgdagi sinagogaga bostirib kirgan 46 yoshli Robert Bauers shanba ibodatiga yig‘ilganlarni o‘qqa tutgan, otishma oqibatida 11 kishi halok bo‘lib, kamida 6 kishi tan jarohati olgandi.

Hujumchi qotillik va kishilar joniga qasd qilganlikdan tashqari diniy nizo qo‘zg‘atganlik va din erkinligiga monelik qilganlikda ayblanmoqda. AQSh bosh prokurori Jeff Seshnsga ko‘ra, agar Robert Bauersning aybi isbotlansa, unga o‘lim jazosi ham berilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан