«Tolibon» harakati O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

«Tolibon» harakati O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonida faol ishtirok etmoqda. Mamlakatimizning konstruktiv rolini Afg‘onistonning hozirgi rahbariyati ham tan oladi, deyiladi TIV vakili xabarida.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston Islom Amirligi muzokaralar guruhi a’zosi va «Tolibon» harakati siyosiy idorasi matbuot kotibi Muhammad Suhayl Shahin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘z rahbariyati nomidan tabrik maktubi yo‘llagani buning dalilidir.

Maktubda shunday deyiladi:

– Birodar O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va xalqini Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

Biz qo‘shni O‘zbekiston bilan samarali va do‘stona munosabatlar o‘rnatishni xohlaymiz. O‘zbekiston ishtirokida Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, temir yo‘l va elektr uzatish tarmoqlarini qurishni davom ettirishdan manfaatdorligimizni tasdiqlaymiz. Afg‘oniston Islom Amirligi tomonidan o‘zbek sheriklarimizga bu yo‘nalishda barcha zarur yordam ko‘rsatiladi.

Muhammad Suhayl Shahin,
Afg‘oniston Islom Amirligining muzokaralar guruhi a’zosi va siyosiy idora matbuot kotibi