Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar hokimligi bozorlarda go‘sht 32-36 ming so‘mdan sotilayotganligini xabar qildi
10.07.2019 16:42,  
4

Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxlari asossiz oshib ketishining oldini olish maqsadida 40 ta “Elga xizmat” savdo nuqtasi tashkil etildi

Shuningdek, dehqon bozorlarida go‘sht narxining barqarorligini ta’minlash maqsadida jami 30 ta savdo joylari bepul ajratib berilgan. Ular tomonidan arzonlashtirilgan narxlarda qo‘y va mol go‘shti - 1 kg uchun 32 000-36 000 so‘mdan sotilishi belgilangan.

Tuxumning donasi 350 so‘mdan 550 so‘mgacha, muzlatilgan va yangi so‘yilgan tovuq go‘shti keltirilib 1 kg 14 000-18 000 so‘mgacha narxlarda aholiga sotilishi tashkil etilgan.

Toshkent shahar hokimligining tashabbusi bilan dehqon bozorlarining markaziy hududlaridan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi uchun joylar ajratilgan va ularda tovarlar arzonlashtirilgan narxlarda sotilishi yo‘lga qo‘yilgan. Masalan: shakar 4 600 so‘mdan 4 850 so‘mgacha, un 2 700 so‘m, guruch 5 700 so‘m, o‘simlik yog‘i 8 800-9 000 so‘m.

Shu kunga qadar Toshkent shahar dehqon bozorlariga Surxondaryo viloyatidan 1 500 tonnadan ortiq kartoshka, piyoz va karam mahsulotlari keltirilib, alohida tashkil etilgan savdo rastalari va yuk mashinalari orqali arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda. 

Ayni paytda barcha dehqon bozorlari xududlarida 40 dan ortiq yuk mashinalari hamda alohida tashkil etilgan savdo rastalari orqali arzonlashtirilgan narxlarda 375 tonnadan ortiq qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sabzavotlar va xo‘l mevalar savdosi tashkil etildi va davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан