Xitoyliklarga uchta farzand ko‘rishga ruxsat berildi

Xitoyliklarga uchta farzand ko‘rishga ruxsat berildi

Xitoyliklarga uchinchi farzand ko‘rishga ruxsat berildi. Kommunistik partiyaning qarori bilan ko‘pfarzandlik uchun tegishli jarimalar bekor qilindi.

Demografik siyosatda boshqa o‘zgarishlar ham mavjud: 2025 yilga kelib mamlakatda tug‘ilish darajasini qo‘llab-quvvatlash tizimi paydo bo‘ladi. Odamlarga tug‘ish, bolalarni tarbiyalash va o‘qitish xarajatlarini kamaytirishga yordam beriladi.