Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






16 noyabrgacha O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo‘ladi
14.11.2019 13:07,  
280

Joriy yilning 16 noyabriga qadar O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”ning 450 MVt quvvatga ega 2-sonli bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) yoqilg‘i filtrlarini tozalash va boshqa nosozliklarni bartaraf etish uchun ta’mirga chiqarildi. Ushbu bug‘-gaz qurilmasini pudradchidan qabul qilishdan oldin yakuniy reglament bilan belgilangan ishlar va sinovlar o‘tkaziladi. Sinov jarayoni 16 noyabr kuniga qadar davom etishi kutilmoqda.

Ushbu bug‘-gaz qurilmasida Respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi taxminan 6 foizini tashkil etadi. Shuni inobatga olib, energotizim barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol balansini ta’minlash uchun ba’zi hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан