Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






19 noyabr sanasida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
19.11.2016 16:02,  
68

19 noyabr Grigorian taqvimiga ko‘ra yilning 323 kuni hisoblanadi. Ushbu kunda dunyo va O‘zbekiston tarixida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar bilan tanishing:

19 noyabr – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari artilleriyasi kuni

•  461 yil – G‘arbiy Rim imperiyasi tashkil topdi;

•  636 yil – Iroqdagi Qodisiya jangida musulmonlar qo‘shini Sosoniylar imperiyasini mag‘lub etdi;

•  1493 yil – Xristofor Kolumb Puerto Riko oroliga yetib bordi;

•  1711 yil rus olimi Mixail Lomonosov tavallud topdi

•  1881 yil – Ukrainaning Odessa viloyatiga meteorit tushdi;

•  1912 yil – Birinchi Bolqon urushida Usmonli davlati Makedoniyani qo‘ldan boy berdi;

•  1917 yil – Hindistonning uchinchi bosh vaziri Indira Gandi tug‘ildi;

•  1917 yil – O‘zbek davlat va siyosat arbobi Nuriddin Muhitdinov tavallud topdi;

•  1946 yil – Afg‘oniston, Islandiya va Shvetsiya BMTga a’zo bo‘ldi;

•  1969 yil – amerikalik astronavtlar Pit Konrad va Alan Bin oy sathiga qadam qo‘yishdi;

•  1969 yil – Pele o‘zining 1000 golini urdi;

•  1977 yil – Madeyra orolida Portugaliyaga qarashli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 131 kishi qurbon bo‘ldi;

•  1985 yil – Jenevada AQSh prezidenti Ronald Reygan va SSSR rahbari Mixail Gorbachyov ilk bor uchrashdi;

•  1991 yil – O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi;

•  1999 yil – Isatnbul shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tahskiloti yig‘ilishi Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi;

•  2002 yil – Prestij grek neft tashuvchisi Galitsiya qirg‘oqlari yaqinida cho‘kib ketishi oqibatida 76 ming kubometr neft dengizga oqib ketdi;

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан