Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini shoira Luiza Glyuk oldi
8.10.2020 19:01,  
168

2020 yil adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini amerikalik shoira Luiza Glyuk qo‘lga kiritdi. Mukofot unga "qat’iy go‘zalligi bilan individual mavjudlikni universal qiladigan o‘zining betakror poyetik ovozi uchun" berildi.

Luiza Glyuk - Yel universiteti ingliz tili professori, 1943 yil Nyu-Yorkda tavallud topgan. U adabiy debyutini 1968 yilda "To‘ng‘ich" she’ri bilan boshlagan va tez orada zamonamizning eng yaxshi shoirlaridan biri sifatida tan olindi. Glyukning 12 she’rlar to‘plami va bir nechta esselar to‘plami nashr etilgan.

O‘tgan yili adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti birdaniga ikki yil uchun berildi. 2018 yilgi mukofot polshalik yozuvchi Olga Tokarchukga "ensiklopedik ehtiros bilan chegaralarni kesib o‘tishni hayot shakli sifatida aks ettiruvchi hikoya xayoli" uchun topshirildi. 2019 yilgi laureat avstriyalik yozuvchi va dramaturg Piter Xandke - "insonlar borligi chegaralarini va xususiyatlarini lingvistik daholik bilan o‘rgangan muhim asari uchun" bo‘ldi.

  • Bu yil kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti Jenom Dudna va Emanuyel Sharpentga genomlarni tahrirlashni rivojlantirgani uchun berildi.
  • Fizika bo‘yicha mukofotlar Rojer Penrous, Raynxard Genzel va Andrea Gezga qora tuynuklarni tadqiq qilishlari va tavsiflari uchun topshirildi.
  • Harvi Olter, Maykl Hauton va Charlz Rays gepatit C virusi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uchun Tibbiyot va Fiziologiya mukofotiga sazovor bo‘lishdi.
  • Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori juma kuni, iqtisodiyot sohasi sovrindori esa oxirgi bo‘lib e’lon qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан