Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Davlat Departamenti rejalari: Xitoy va Eron ta’siriga qarshi moliyaviy ko‘mak; ittifoqchi Isroilga yordam
11.02.2020 12:27,  
239

AQSh Davlat Departamenti va AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (U.S. Agency for International Development – USAID) 2021 moliyaviy yil uchun byudjet xarajatlari dasturini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2021 yilda Davlat Departamenti va AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi turli maqsadlarda jami 41 milliard dollar sarflashi ko‘zda tutilgan

Ushbu mablag‘dan bir qismi Xitoyning zararli ta’siriga qarshi, shuningdek, Hind-Tinch okeani mintaqasi davlatlarida xavfsizlik, demokratiya, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun sarflanadi. Bunda 1,5 milliard dollar xorijiy yordam sifatida, 596 million dollar esa AQShning Hind-Tinch okeanidagi strategiyasini amalga oshirish maqsadidagi diplomatik sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga ajratiladi; shu bilan birga AQSh demokratiyasi, shaffof, hozirjavob va erkin biznesga asoslangan boshqaruv modelini targ‘ib qilish ham ko‘zda tutilgan.           

AQSh Davlat Departamenti 2021 yilda Eronning zararli ta’siriga qarshi kurash, Yaqin Sharqdagi muhim hamkorlarni iqtisodiy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mintaqaviy tahdidlarning oldini olish uchun 337,5 million dollar sarflashni rejalashtirgan. 

Tashqi siyosat mahkamasi rejalaridan AQShning “Yaqin Sharqdagi ittifoqchisi” Isroilga moddiy ko‘mak berish ham o‘rin olgan. Ikki davlat o‘rtasida tuzilgan o‘n yillik “Anglashuv memorandumi”ga ko‘ra AQSh Isroilni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun 3,3 millard dollar yordam ajratadi. Qayd etish kerakki, bu mintaqadagi boshqa “hamkorlar”ga va’da qilingan puldan 10 barobarga ko‘p.   

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан