Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari O‘zbekistonga kelmoqda
21.08.2019 12:33,  
6

Ertaga, 22 avgust kuni, Toshkentga AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Heyl boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

"Delegatsiya ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun keladi", - deyiladi xabarda.

AQSh delegatsiyasining tashrifi dasturidan Samarqand shahrida bo‘lish ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov iyul oyida AQSh Davlat departamentida Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Xeyl bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.

O‘shanda Devid Xeyl Vashington O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi mustahkamlanayotgan sheriklik munosabatlari borasida alohida urg‘ulab, shunday konstruktiv ruhdagi munosabatlarni davom ettirishga, munosabatlarni yanada mustahkamlashga tayyorligini qayd etgandi.

Davlat departamenti vakili tez orada O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан