Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh "ishonchsiz" bo‘lgan Xitoy ilovalari uchun o‘z bozorini yopmoqchi
6.08.2020 10:23,  
121

Tramp ma’muriyati "ishonchli bo‘lmagan" Xitoy ilovalari, jumladan TikTok va WeChat'ni AQSh bozoridan chiqarib tashlamoqchi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ma’lum qildi, deb xabar beradi CNBC.

"Bosh kompaniyalari Xitoyda joylashgan TikTok, WeChat va boshqa ilovalar Amerika fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari uchun jiddiy tahdid hisoblanadi", - dedi Pompeo chorshanba kungi matbuot anjumanida.

Amaldor, shuningdek, Davlat departamenti Tijorat va Mudofaa departamentlari bilan hamkorlikda Xitoy bulutli xizmatlarining AQShda ma’lumotlar to‘plash, yig‘ish va qayta ishlash imkoniyatlarini kamaytirish ustida ishlashini aytib o‘tdi.

Pompeoning bayonoti Trampning AQSh hududida TikTok video xizmatini bloklash to‘g‘risidagi tahdididan bir hafta o‘tmasdan chiqdi.

Xitoyning ByteDance kompaniyasi vertikal videolar xizmati TikTok'ni 2017 yilda ishga tushirgan edi. Aprel oyida 2 milliarddan ortiq yuklab olingan ilova koronavirus pandemiyasi davrida eng mashhur tarmoqlardan biriga aylandi.

Yakshanba kuni AQShning Microsoft shirkati ByteDance'dan TikTok'ning AQSh va boshqa qator mamlakatlarda xizmat ko‘rsatayotgan qismini sotib olish haqida muzokara olib borayotganini ma’lum qildi. CNBC'ning yozishicha, Microsoft xitoylarga 30 milliard dollargacha to‘lashi mumkin.

Dushanba kuni Tramp, agar ilova sotilmasa, u 15 sentyabrdan AQSh hududida bloklanishini aytdi.

Amerikaliklar nafaqat Xitoy ilovalari va messenjerlari, balki texnologiya kompaniyalari ham Amerika fuqarolari to‘g‘risida ma’lumot yig‘ib, uni Xitoy Kommunistik partiyasiga topshiradi, degan fikrda. Shu vaj tufayli Xitoyning Huawei va ZTE texnogigantlari AQSh hududida faoliyat ko‘rsatishga qiynalmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан