Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh JSST bilan aloqalarni uzdi
30.05.2020 12:52,  
317

AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan aloqalarni uzdi. Bu haqda prezident Donald Tramp bayonotiga tayanib Reuters nashri xabar bermoqda

Trampning so‘zlariga ko‘ra, JSST "kerakli islohotlarni" amalga oshira olmadi. AQSh JSSTni moliyalashtirib kelayotgan pullari boshqa tashkilotlarga yo‘naltiradi, deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Xitoy tomonidan to‘liq nazorat qilinadi, "u yiliga atigi 40 million dollar to‘lasa ham", AQSh esa har yili 450 million beradi. 

19 may kuni Tramp JSSTdan "Xitoy ta’siridan holi ekanligini isbotlash" ni talab qildi va agar u tarkibiy islohotlarga rozi bo‘lmasa, tashkilotni moliyalashtirishdan mahrum qilish bilan tahdid qildi.

Uning fikriga ko‘ra, JSST Covid-19 epidemiyasi paytida o‘z majburiyatlarini bajarmadi, shuningdek, Xitoy tomonidan taqdim etilgan koronavirus infeksiyasi ma’lumotlarini tekshirmadi. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining mablag‘lari aprel oyi o‘rtalarida muzlatib qo‘yildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан