Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh O‘zbekistonga koronavirusga qarshi test vositalarini hadya qildi
8.06.2020 19:27,  
124

5 iyun kuni, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi qarshi kurashda ko‘rsatayotgan yordamning bir qismi sifatida, AQSh elchixonasi O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga koronavirus testi o‘tkazish uchun zarur vositalarni yetkazib berdi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

«Sog‘liqni saqlash vazirligidagi hamkorlarimiz bilan birga ishlab, biz ushbu xavfli virusni aniqlash ishini yaxshilaymiz, kasallikka chalinganlar sonini kamaytiramiz va O‘zbekistonda odamlar hayotini saqlab qolamiz»,- dedi elchi Daniyel Rozenblyum.

Bu USAID hadya etayotgan test vositalarining birinchi to‘plamidir. U 15000 ta test o‘tkazishga yetarli QIAGEN RNA reagentlarini jamlagan 60 ta qutidan iborat. 10000 ta test uchun mo‘ljallangan yana 40 ta shunday quti bir necha haftadan so‘ng O‘zbekistonga yetib keladi.

Foto: AQSh elchixonasi

«Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi nomidan ushbu yordam uchun Qo‘shma Shtatlarga minnatdorlik bildiramiz. Ushbu reagentlar koronavirusga qarshi kurashimizda asqatadi hamda vatandoshlarimizning sog‘ligi va farovonligini yaxshilaydi»,- dedi agentlik direktori Bahodir Yusufaliyev.

USAID O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 3,9 million dollar bermoqda. Bu yordam laboratoriyalarni keng ko‘lamli testlar o‘tkazishga tayyorlash, sog‘liqni saqlash muassasalarida infeksiya tarqalishining oldini olish va nazorat qilish, COVID-19 ga oid tezkor choralarni takomillashtirish, kasallik yuqtirganlar holatini boshqarish tizimini kuchaytirish, virus to‘g‘risidagi dezinformatsiyaga qarshi kurashish hamda jamoalarni hamjihatlikda ishlashga jalb qilishni o‘z ichiga oladi.

Ma’lum qilinishicha, COVID-19 tarqala boshlangandan buyon AQSh hukumati pandemiyaga qarshi kurashga qaratilgan xalqaro ko‘mak uchun bir milliarddan ortiq mablag‘ ajratdi. Ushbu mablag‘ zamonaviy shamollatish uskunalari bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash bo‘yicha bilimlarni oshirish, tibbiyot xodimlarini himoya qilish, laboratoriya tizimini mustahkamlash, kasallik nazorati va tezkor javob qobiliyatini kuchaytirish orqali dunyodagi 120 dan ortiq mamlakatda kishilar hayotini saqlashda ishlatiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан