Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Archako‘cha”da pichoqbozlik oqibatida jarohatlangan yigitlardan biri vafot etdi
8.06.2020 20:46,  
651

5 iyun kuni soat 18.00 va 19.00 orasida Shayxontohur tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘lida yoshlar orasida janjal kelib chiqqani haqida xabar berilgan edi. Natijada to‘rt nafar yoshlar pichoq bilan jarohatlangan.

Shifokorlarning say’-harakatlariga qaramasdan, kelishmovchilik ishtirokchilaridan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Shifokorlar ikkinchisining holatini og‘ir deb baholamoqdalar. Yana ikki nafar yigitlarga og‘ir tan shikastlari yetgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Mazkur fakt asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov bilan prokuratura organlari shug‘ullanmoqdalar.

Bugun hodisaga aloqador bir nechta shaxslar qo‘lga olindilar. Qolganlarning shaxslarini aniqlash va qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

 
 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан