Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bangkokda namoyishchilar Tailand bosh vaziriga iste’foga chiqish uchun uch kun berdi
22.10.2020 14:26,  
77

Bangkokda namoyishchilar Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ochaga iste’foga chiqish uchun uch kum muhlat berdi va shu vaqt ichida 14 oktyabrda boshlangan namoyishlar paytida hibsga olinganlarning barchasini ozoq etishni talab qildi, deb xabar bermoqda AP News.

21 oktyabr, chorshanba kuni kechqurun Bangkokdagi Hukumat uyiga to‘plangan namoyishchilar ushbu talablar yozilgan manifestni poytaxt politsiyasi boshlig‘iga topshirgan. Bayonot yoshlar va talabalar noroziliklarining asosiy tashkilotchisi bo‘lgan "Yerkin yoshlar" harakati tomonidan tarqatilmoqda, ammo bu bosh vazir nomidan yozilgan. Bayonotda ta’kidlanishicha, Prayut Chan-Ocha o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilgan va hokimiyatni saqlab qolish uchun monarxiyadan foydalangan, shuning uchun u o‘z oilasi, bosh vaziri va mamlakat sharafini saqlab qolish uchun iste’foga chiqish arizasini topshirmoqda. Hukumat uyi binolariga yaqinlashishni to‘sib qo‘ygan politsiyachilarga buyruq bergan metropoliten politsiya bo‘limi boshlig‘i hujjatni bosh vazirning idorasiga o‘tkazish uchun namoyishchilardan oldi. Namoyishchilar uni imzolash uchun bosh vazirga uch kun muhlat berdilar va shu muddatdan keyin yana uchrashishga va’da berishdi.

14 oktyabr, 1973 yilgi talabalar qo‘zg‘olonining yilligiga yig‘ilgan minglab namoyishchilar Demokratiya yodgorligi yonida to‘planib, Bangkokdagi Tailand hukumat uyiga bosh vazirning iste’fosini talab qildi. Ertasi kuni hokimiyat poytaxtda favqulodda holat e’lon qildi. Hukumat uyi yaqinidagi norozilik aksiyalari sakkizinchi kundan beri davom etmoqda.

Namoyishchilar Bosh vazir general Prayut Chan-Ocha va uning tarafdorlarining hokimiyat va siyosatdan iste’foga chiqishini, 2017 yilda harbiy hukumat nazorati ostida yaratilgan konstitutsiyani o‘zgartirishni va "Tailand monarxiyasini konstitutsiyaviy monarxiya me’yorlariga muvofiqlashtirishni" talab qilmoqda. Shuningdek, ular mamlakatda monarxiyani tanqid qilishga yo‘l qo‘yilishi kerakligini ta’kidlamoqdalar, bu hozirda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bangkokdagi ommaviy norozilik namoyishlari sababli Tailand hukumati 15 oktyabr kuni favqulodda holat e’lon qildi. Chorshanba kuni Bosh vazir Chan-Ocha namoyishchilar "orqaga qadam tashlashga" tayyor bo‘lsa, favqulodda holatni tugatishga tayyorligini aytdi. Avvalroq, 21 oktabr kuni bir guruh universitet talabalari Bangkok sudiga murojaat qilib, favqulodda holat to‘g‘risidagi farmonning yig‘ilish erkinligini cheklashi sababli bekor qilinishini talab qildilar. Sud shu hafta oxirida qaror chiqarishi kutilmoqda.

"Men hozirda Bangkokda favqulodda holatni bekor qilishga tayyorman va zo‘ravonlik hodisalari bo‘lmasa, darhol buni amalga oshiraman", - dedi chorshanba kuni bosh vazir. "Garchi men namoyishchilarning da’volarini tinglashim va tan olishim mumkin bo‘lsa-da, men mamlakatni namoyishchilar yoki olomon talablari asosida boshqara olmayman", - deb qo‘shimcha qildi bosh vazir. 26 va 27 oktyabr kunlari Tailand parlamentida poytaxtdagi norozilik namoyishlari bo‘yicha navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tadi, qaror 20 oktabr, seshanba kuni qirol nomidan bosh vazir tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан