Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bir qancha kimyo zavodlaridagi davlat ulushi investorlarga sotiladi​
24.02.2020 18:29,  
175

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni kimyo sanoatini isloh qilish bo‘yicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan, murakkab tarkibga ega bo‘lmagan kimyo mahsulotlari chetdan olib kelinmoqda. Eksport strukturasi diversifikatsiya qilinmagan, bunda hanuzgacha mineral o‘g‘itlar ulushi juda katta. Ishlatilayotgan uskunalar 60 foiz eskirgan, energiya sarfi me’yordan 2-3 baravar ortiq.

Yig‘ilishda sohani isloh qilish, korxonalar samaradorligi va salohiyatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Tarmoqdagi har bir korxona faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, mahsulotlar sifatini oshirish, energiya sarfini kamaytirish hisobiga tannarxni pasaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. “Raqamli texnologiyalar”ni qo‘llash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasini ko‘tarish muhimligi qayd etildi. Kimyo sohasida yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, bunga xorijiy investorlarni keng jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.

Prezident “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid ishlab chiqarishni tez muddatda loyiha quvvatiga olib chiqish hamda ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati, Qo‘ng‘irot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodida davlat ulushini investorlarga sotish masalalariga ham to‘xtalib o‘tdi.

Kichik tonnajli kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, shu maqsadda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida bo‘sh turgan maydonlar negizida ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etish, Toshkent kimyo texnologiya institutida mutaxassisliklar va o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан