Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bloger ogohlantiradi: Prezidentning yakka tadbirkorlarga taksi faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat beruvchi qarori tayyorlanmadi
26.06.2019 17:24,  
130

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi karori (PQ-4230, 06.03.2019y.) ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 26 mart kuni O‘zbekiston respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida «O‘zbekiston respublikasida yo‘nalishli taksilar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qaror loyihasi joylashtirilgan edi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, 2019 yil 1 iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga elektron platforma orqali operatorlar bilan shartnomalar tuzish sharti bilan yengil avtomobillarda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yo‘lovchi tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqi berilishi kerak edi.

O‘zbekiston respublikasi Transport vazirligining bergan rasmiy ma’lumotiga ko‘ra ushbu qaror bo‘yicha tegishli takliflar 10 aprelgacha taqdim etilgan, lekin rejalashtirilgan 1 iyul sanasiga bir hafta qolgan bo‘lsa-da, taksi xizmati bo‘yicha qonunchilikka hech qanday o‘zgartirish kiritilmagan.

Nega taksi bozoriga yakka tadbirkorlar kiritilishiga to‘sqinlik qilinmoqda?

Respublikamizdagi aksariyat taksi korxonalari o‘z taksi avtomobillar parkiga ega emas. Ushbu korxonalar asosan shaxsiy avtomobili bor haydovchilarni ishga oladi. Bitta taksi haydovchisi bir oyda taksi korxonasiga o‘rtacha 1,0 mln so‘m plan topshiradi va ushbu mablag‘dan faqat 100,0-150,0 ming so‘mi (10-15%) soliq sifatida davlat byudjetiga tushadi. Tushumning 20%i korxona foydasiga va qolgan 65-70%i avtomobillar uchun yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va avtomobil ehtiyot qismlari sotib olish hamda haydovchilar oylik ish haqi sifatida rasmiylashtirilsa-da, taksi haydovchilariga na yoqilg‘i va na avtomobil ehtiyot qismlari berilishi xech kimga sir emas. Taksi haydovchilari avtomobillari uchun yoqilg‘ini ham, ehtiyot qismlarini ham, ta’mirlashni ham o‘z hisoblaridan qoplab kelmoqdalar. Bu holatni birinchi navbatda viloyatlardagi taksi korxonalarida kuzatish mumkin. Taksi korxonalarning ushbu shubhali sxemalaridan hamma xabardor bo‘lsa-da bu holat davlat tashkilotlari e’tiboridan chetda qolmoqda.

Yakka tadbirkorlarning taksi faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat berish bir necha yillar davomida muhokama qilinmoqda, lekin qaror qabul qilish payti kelganida amalga oshmay qolmoqda. Bu qaror qabul qilinishi ortidan ham davlat byudjeti daromadlariga, ham taksi haydovchilariga va ham umumiy transport tizimidagi raqobatning rivojlanishiga juda katta ijobiy ta’sir etishi shubhasiz. Bunday tajriba Rossiya, Hindiston va boshqa ko‘plab davlatlarda mavjud va «bu narsani amalga oshirish mumkin emas» deyish, albatta, xato.

Ushbu holat misolida biz ba’zi davlat tashkilot xodimlarining davlat va aholi manfaatlarini emas, balki ayrim «tadbirkorlar» va ularning orqasida turgan amaldorlarning «shaxsiy» manfaatlarini himoya qilib kelayotganlarini ko‘rishimiz mumkin.

Yakka tadbirkorlar taksi faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat berilmayotganligi va prezidentning «O‘zbekiston respublikasida yo‘nalishli taksilar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror loyihasini ishlab chiqishga mas’ul Transport va Adliya vazirligi, hamda Davlat soliq qo‘mitasidan rasmiy munosabat kutib qolamiz.

Mirzo Subxanov

msubkhonov.blogspot.com

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан