Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boks bo‘yicha jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilovga ham uy sovg‘a qilindi
4.10.2019 16:14,  
592
Boks bo‘yicha jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilovga viloyat hokimligi tomonidan Farg‘ona shahar markazidan yangi xonadon sovg‘a qilindi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi safidan Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tavallud topgan Mirazizbek Mirzaxalilov 57 kilogramm vazn toifasida final uchrashuvida uch karra jahon chempioni va Olimpiada o‘yinlari sovrindori kubalik raqibini mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 27 sentyabrdagi farmoni bilan Mirazizbek Mirzaxalilov ham “O‘zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirlandi.
Jahon chempioniga Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan yangi bunyod etilgan ko‘p qavatli uydan barcha sharoitlarga ega xonadonning kaliti topshirildi.
Avvalroq, chempionga "Prezident sovg‘asi" sifatida Chevrolet Tracker avtomobili sovg‘a qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан