Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Braziliya koronavirusdan o‘lim darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi
13.06.2020 13:18,  
307

Janubiy Amerika mintaqasi JSST tomonidan COVID-19 koronavirusining yangi o‘chog‘i deb e’lon qilindi.

Oxirgi 24 soat ichida Braziliyada koronavirusdan vafot etganlar soni 909 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar beradi The Independent nashri. Infeksiyadan vafot etganlarning jami miqdori 41 828 kishiga yetdi. Hozirda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Braziliya Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi va AQShdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Shu bilan birga mamlakatda 365 063 kishi koronavirusdan tuzalib ketgan (jami kasallanganlarning 44,05 foizi).

Kunlik koronavirus aniqlanish holati o‘tgan sutkada 19 468 taga ortdi. Koronavirus infeksiyasi yuqtirib olganlarning umumiy soni 828 810 kishiga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан