Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bred Pitt Oskar marosimida Trampning impichmenti haqida nima dedi?
10.02.2020 12:43,  
638

Yakshanba kuni Gollivud aktyori Bred Pitt Oskar marosimida AQSh prezidenti Donald Trampning muvaffaqiyatsiz impichmenti mavzusini bexosdan eslatib o‘tdi.

Bred Pitt Kventin Tarantinoning "Bir zamonlar Gollivudda" filmidagi roli uchun "eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor" nominatsiyasida olgan "Oskar"ni ushlab, tomoshabinlarga murojaat qildi:

"Menga, senda atigi 45 soniya gapirish imkoni bor, deb aytishdi. Har xolda Senat tomonidan Trampga impichment paytida Jon Boltonga bergan vaqtdan 45 sekundga ko‘proq ekan".

Bolton, Trampning sobiq milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi va sudda u asosiy guvoh bo‘lishi mumkin edi, ammo u Senatga negadur chaqirilmadi.

"Shunday qilib, ehtimol Kventinga bu haqda film suratga olish kerak bo‘lar", deb qo‘shib qo‘ydi aktyor.

Marosimdan so‘ng, aktyor jurnalistlarga o‘tgan hafta voqealaridan Senat Donald Trampni oqlagani uchun u juda xafa bo‘lganini tushuntirdi. 

"Menimcha, garchi taqiqlanmagan hiyla bilan shubhali bo‘lsa ham g‘alaba qozonish san’ati, to‘g‘ri narsalar ustidan hukmronlik qilayotganidan siz ham befarq bo‘la olmaysiz. O‘z o‘rnida men ham bunga jiddiy qarayman", deydi Pittning gaplarini Fox News nashri iqtibos keltirib. 

Bred Pitt o‘zining tantanali nutqida, shuningdek, aktrisa Anjelina Joliga qadar bo‘lgan farzandlari haqida aytib o‘tdi. Ularning 3 qizi va uch o‘g‘li bor, "Farzandlarimiz hamma narsaga va qilayotgan ishlarimga mazmun beradilar", deb aktyor gapini tugatdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан