Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu yil davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish ballari qancha bo‘ldi?
25.09.2020 17:44,  
6414

Davlat test markazi 2020-2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan kirish test sinovlari yakuni bo‘yicha ma’lumot berdi. DTM tomonidan 2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari 2020 yil 25 sentyabr kuni soat 15:00 da e’lon qilindi.

Davlat test markazi qancha abituriyent talabalikka qabul qilinganini ma’lum qildi

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 1 484 463 nafar abituriyent ariza topshirdi. Shuningdek, tanlov natijalariga ko‘ra:

- davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 133,3 ballni;

- to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali – 110,6 ballni tashkil etdi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida minimal o‘tish bali – 68,0 ball, to‘lov-kontrakt asosida minimal o‘tish bali – 56,7 ball etib belgilandi.

Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi (2019 yilda 32 948 nafar abituriyent ushbu imkoniyatdan foydalangan).

Buning uchun ushbu toifadagi abituriyentlar, 2020 yil 26 sentyabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalariga murojaat etishlari mumkin.

Agarda test sinovlari natijalari abituriyentlarni qoniqtirmasa, Davlat test markazining apellatsiya komissiyasi o‘z faoliyatini 2020 yil 28 sentyabrdan boshlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан