Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugundan Toshkent metrosining 17 ta bekatidagi kirish qismlari yopildi
24.09.2020 10:18,  
1014

2020 yil 24 sentyabr soat 5:00dan boshlab poytaxt metropolitenining qator metro bekatlari vestibyullari vaqtincha yopildi. «Toshkent metropoliteni» UK xabariga ko‘ra, bunga ishlab chiqarish ehtiyojlari sabab bo‘ldi.

Yopilgan vestibyullar:

Chilonzor yo‘nalishida

- «Pushkin» bekati - «Salar» ko‘prigi tomonidagi vestibyul;

- «Hamid Olimjon» bekati - «NBU» banki tomonidagi vestibyul;

- «Amir Timur Xiyoboni» bekati - 50-maktab tomonidagi vestibyul;

- «Mustaqillik Maydoni» bekati - «Mustaqillik maydoni» tomonidagi vestibyul;

- «Xalqlar Do‘stligi» bekati – «Toshkent citi» tomonidagi vestibyul;

- «Novza» bekati - «Novza» masjidi tomonidagi vestibyul;

- «Mirzo Ulug‘bek» bekati – «Milliy» stadioni tomonidagi vestibyul.

O‘zbekiston yo‘nalishida

- «Toshkent» bekati – Bosh pochta tomonidagi vestibyul;

- «Oybek» bekati - Farmatsevtika instituti tomonidagi vestibyul;

- «Kosmonavtlar» bekati - "Interpol tomonidagi vestibyul;

- «Tinchlik» bekati - Gaz loyihalash instituti tomonidagi vestibyul.

Yunusobod yo‘nalishida

- «Ming O‘rik» bekati - Geologiya muzeyi tomonidagi vestibyul;

- «Abdulla Qodiriy» bekati – Gyote instituti tomonidagi vestibyul;

- «Minor» bekati - moliya instituti tomonidagi vestibyul;

- «Bodomzor» bekati – «NBU» bank tomonidagi vestibyul;

- «Shahriston» bekati - «Yunusobod» bozori tomonidagi vestibyul;

- «Turkiston» bekati - «Uch Qahramon» tomonidagi vestibyul.

Shuningdek, xabarda keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан