Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Covid-19 ni keltirib chiqaradigan yangi virus qo‘zg‘atuvchi aniqlandi
16.06.2020 08:13,  
1440

Panamada Covid-19 ni keltirib chiqaradigan yangi virus qo‘zg‘atuvchi aniqlandi. Olimlar unga A2 PAN deb nom qo‘yishdi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Olimlarning fikriga ko‘ra, yangi kenja turlar besh mamlakatdan olib kelingan SARS-CoV-2 koronavirus shtammlarining mutatsiyalari natijasida paydo bo‘ldi.

"Virus modifikatsiyalari mamlakatda A2 PAN yangi tipni yaratdi" - dedi Gorgas nomli sog‘liqni saqlash tadqiqotlari instituti direktori Xuan Paskale.

Virusning bir vaqtning o‘zida dunyoning turli mintaqalariga kirib borishiga Panamaning pozitsiyasi va uning mintaqaviy transport markazi vazifasini bajarishi yordam berdi.

150 ta SARS-CoV-2 virusi namunalarini genom bo‘yicha tartiblash Gorgas instituti olimlariga ularning kelib chiqadigan mamlakatini aniqlashga imkon berdi. Mamlakatda mahalliy mutatsiya paydo bo‘lishidan oldin, virus AQShdan to‘rtta, Italiya, Ispaniya, Fransiya va Osiyodan keltirilgan bitta kenja turdan iborat bo‘lgan.

Paskal mahalliy SARS-CoV-2 kichik turlarining xususiyatlari va patogenligi haqida hech qanday ma’lumot bermadi, ammo chegaralarning yopilishi natijasida A2 PAN kichik turlari Panamada kelgusi kashf etilgunga qadar mahalliylashtirilganligini qo‘shimcha qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан